2024-yil oxirigacha O‘zbekistonga pul o‘tkazmalari hajmi 15 mlrd dollargacha, 2027-yilga borib esa 20 mlrd dollargacha o‘sishi mumkin. Yuqori daromadli mamlakatlardan o‘tkazmalar hisobiga pul oqimlari manbalari yanada diversifikatsiya qilinishi kutilmoqda.
Markaziy bank raisi Mamarizo Nurmuratov onlayn kredit berish bo‘yicha yangi cheklovlar joriy etilganini izohlarkan, asosiy maqsad fuqarolar mablag‘larining xavfsizligini ta’minlash ekanini aytdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, regulyator bu cheklovlarni 2025-yil aprelidan keyin ham saqlab qolishni rejalashtirmoqda.
Oktabr oyida aholi o‘rtasida inflyatsiya darajasi 13,2 foizgacha kamaydi, deb xabar bermoqda MB. Ko‘pchilik go‘sht va sut narxining keskin oshganini qayd etdi. Benzin va yoqilg‘i, elektr va gaz, dori-darmon va neft narxlarining sezilarli darajada oshishini ko‘rsatganlarning ulushi ham yuqoriligicha qolmoqda.
Markaziy bank 7 ta bank va 2 ta mikromoliya tashkilotini me’yoriy-huquqiy hujjatlar talablariga rioya qilmagani uchun jarimaga tortdi. Shuningdek, jami 8 ta bank, to‘lov tashkiloti va tizimlari chora va sanksiyalar qo‘llanishi to‘g‘risida ogohlantirildi.
Yanvar-sentabr oylarida banklar aholidan sotganidan 4,8 mlrd dollar ko‘proq valyuta sotib oldi. Ijobiy farq o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 2,3 barobar oshdi. Shu bilan birga, O‘zbekistonda valyuta ayirboshlash hajmi kamaydi.
Oktabr oyida O‘zbekistonning oltin-valyuta zaxiralari oltin narxining oshishi fonida yana 2 mlrd dollarga oshib, 43,1 mlrd dollarga yetdi. Ko‘rsatkich ketma-ket to‘rtinchi oy rekordini yangiladi. Markaziy bank oz miqdorda qimmatbaho metall sotib, qimmatli qog‘ozlar xarid qildi.
Markaziy bank raisi UPay`ga cheklov kiritilishidan oldin kompaniya 3 marta ogohlantirilganini ta’kidladi. Avvalroq regulyator to‘lov tashkiloti faoliyatini 6 oy muddatga cheklagan, korxonaning ona kompaniyasi hisoblangan Humans esa cheklovlar sababidan OAV orqali xabardor bo‘lganini qayd etgandi.
Mahalliy banklar yozdayoq AQSh sanksiyalariga uchragan O‘zbekiston kompaniyalari bilan operatsiyalarni to‘xtatdi, dedi Markaziy bank raisi Mamarizo Nurmuratov. Uning so‘zlariga ko‘ra, nisbatan kuchli nazorat mamlakatga sanksiyalar xavfini kamaytirish imkonini bermoqda.
Iqtisodiyot va moliya vazirligi hisob-kitoblariga ko‘ra, 2025-yilda dollarning so‘mga nisbatan o‘rtacha yillik kursi 13 250 so‘m bo‘lishi prognoz qilinmoqda. Bu 2024-yil kutilayotganidan 4,8 foizga ko‘p. Milliy valyuta kursining 100 so‘mga qadrsizlanishi budjet xarajatlari 240 mlrd so‘mga oshishiga olib keladi.
O‘zbekiston gaz, neft va benzinning asosiy qismini Rossiyadan import qiladi. Markaziy bank rahbari Mamarizo Nurmuratov ta’minotdagi bir mamlakatga qaramlik haqidagi savolga javob berib, bu xatar ekanini tan oldi va logistikadagi uzilishlar ichki narxlarga ta’sir qilishi mumkinligini ta’kidladi.
Markaziy bank raisi Mamarizo Nurmuratov regulyator hisob-kitoblariga ko‘ra, valyuta kursi 1 foizga qadrsizlanishi inflyatsiyaga 0,3−0,4 foiz punkti darajasida ta’sir qilishi mumkinligini aytdi. U, shuningdek, kelasi yil oltin narxi hozirgidan qisman pasayishi kutilayotganini ta’kidladi.
Markaziy bank 5 foizlik inflyatsiya bo‘yicha targetga erishish muddatini uchinchi bor kechiktirdi. MB raisi barqaror institutsional sharoit yaratmay turib, yalpi talabni cheklovchi keskin choralar ko‘rish iqtisodiy faollik va moliyaviy barqarorlikka jiddiy xavf tug‘dirishi mumkinligini ta’kidladi.
So‘m uchinchi oydirki, dollarga nisbatan biroz qadrsizlanmoqda. Oktabr oyi oxirida dollar kursi 59 so‘mga (+0,46%) mustahkamlandi. Umuman olganda, yil boshidan buyon milliy valyuta o‘tgan yilning shu davridagi 8,8 foizga nisbatan atigi 3,5 foiz devalvatsiyaga uchradi.
Yanvar-sentabr oylarida O‘zbekistonga pul o‘tkazmalari hajmi 34,8 foizga oshib, 11,3 mlrd dollarni tashkil etdi. Janubiy Koreya, Buyuk Britaniya, Polsha va BAAdan tushumlar keskin oshdi, Rossiyaning ulushi esa pasayishda davom etmoqda.
2025-yil aprelida elektr energiyasi va gaz narxining o‘sishi inflyatsiya darajasini qo‘shimcha 1,5−1,8 foiz punktiga oshiradi va bu omil kelasi yil uchun inflyatsiya prognozida hisobga olinadi, dedi MB raisi. Shu bilan birga, maydagi narxlar o‘sishining ta’siri dastlabki hisob-kitoblardan yuqori bo‘lib chiqdi.
Markaziy bank asosiy stavkani yillik 13,5 foiz darajasida saqlab qoldi. Regulyator inflyatsiyani oshiruvchi bosimlar saqlanib qolayotganini qayd etdi. Yil yakunida umumiy inflyatsiyaning 9,5 foiz atrofida shakllanishi kutilmoqda.
Markaziy bank fuqarolarning onlayn firibgarlikning yangi turidan ogohlantirdi. Odamlarga regulyatorning ramziy belgilari tushirilgan soxta hujjatlar yuborilmoqda.
O‘zbekistonda yanvar-iyun oylarida avtomobil narxlari o‘sishi sekinlashdi. Bu avtokreditlar foiz stavkalarining oshishi hamda bunday kreditlar berilishining 2,1 barobarga kamayishi fonida yuz berdi. Bozordagi faollikning pasayishi avtomobillarni ro‘yxatdan o‘tkazish to‘lovi oshirilishi bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin.
Yanvar-sentabrda muomaladagi naqd pul ulushi yillik ko‘rsatkichda 3,2 foiz bandga — 23,9 dan 20,7 foizga pasaydi, deb xabar qildi Markaziy bank. Karta egalari mablag‘larini tobora kamroq naqdlashtirmoqda.
Markaziy bank raisi o‘rinbosari Behzod Hamrayev nima uchun O‘zbekistonda inflyatsion targetga erishish muddati 2025-yil emas, 2026-yilga to‘g‘ri kelishi kutilayotganini izohladi. Muddatning uchinchi bor kechiktirilishiga energotariflarning ikki bosqichda oshirilishi va boshqa omillar ta’sir qilgan.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting